20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
TIV rahbari suiqasd natijasida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning fojiaviy halok bo‘lganligi munosabati bilan elchi Vladimir Tyurdenevga ta’ziya izhor etdi va marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Izoh (0)