Qozog‘istonlik xonanda Makpal Isabekova Instagram’dagi sahifasini 1,5 million tengega (4,5 ming dollar atrofida) sotdi. Yulduz akkauntni sotishdan tushgan pullarni xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda qo‘shiqchi sobiq sahifasining oxirgi postida ma’lum qildi, deb yozadi “Nur.kz”.
“Ulkan borliqning bir qismi sifatida uning kichik qismini bo‘lsa-da yoritishni istayman”, — deb yozdi Isabekova.
Qo‘shiqchi uning 1 milliondan ortiq obunachisi bor akkaunti sotilishi haqida e’lon qilingandan 10 soat o‘tib sotilganligini ma’lum qilgan.
“Bugun uni sotishdan tushgan barcha pullarni, aniqroq aytganda 1,5 million tengeni Asel ismli qizaloqqa topshirmoqdaman (bularning barchasi u uchun o‘ylab topilgan edi). U hozirda Xitoyda va operatsiyani kutmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Qo‘shiqchining so‘zlariga qaraganda, uning sahifasini ostonalik qiz xarid qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)