AQShning Oushensayd shahrida istiqomat qiluvchi bolaga Rojdestvoga o‘yinchoq samolyot buyurtma qilingan edi, ammo uning o‘rniga soyli miltiq jo‘natildi. Bu haqda, CBS telekanaliga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Joel Berman do‘stining bolasiga sovg‘a bermoqchi edi. Ammo o‘yinchoq o‘rniga unga haqiqiy qurol jo‘natildi. Bundan tashqari, yo‘llanmada miltiq tirgagi, patronlar va Arizona shtatida istiqomat qiluvchi kishining haydovchilik guvohnomasi bor edi. Futlyar ichiga qurol saqlash ruxsatnomasi ham joylangan edi.
Bermanlar oilasi politsiyani chaqirdi. Huquq-tartibot xodimlari qurolni olib ketdi.
UPS yetkazish xizmati xato bo‘lganini, Bermanlar oilasiga samolyotcha albatta yetkazilishini aytmoqda.
Izoh (0)