Amerikalik taniqli shoumen Jimmi Kimmel Los-Anjelesning KROQ radiostansiyasiga bergan intervyusida “Oskar” mukofotining 89-taqdimotida boshlovchilik qilishi uchun 15 ming dollar miqdorida gonorar olishini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Tushunishim bo‘yicha, umuman pul to‘lamaslik qonunga zid bo‘lsa kerak”, — deya hazil qildi taniqli teleboshlovchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, gonorari miqdorini oshkor qilishni unga “hech kim taqiqlamagan”, shuning uchun ham u buni ommaga ma’lum qilgan.
“Oskar—2017” taqdimotida Jimmi Kimmel boshlovchilik qilishi 2016 yil 6-dekabr kuni ma’lum bo‘lgan edi.
2016-yilgi taqdimotda so‘z ustasi Kris Rok boshlovchilik qilgandi, Kimmelga bu vazifa birinchi marta ishonib topshirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)