Marvel va Coca-Cola birgalikda Yangi yilni yolg‘iz nishonlovchilarga bag‘ishlangan video yaratdi. Bu haqda The Verge ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Davomiyligi bir soatni tashkil etuvchi jami 5 ta rolik chiqarildi. Har bir video Marvel komiksiga bag‘ishlangan bo‘sh miniatyura lokatsiyasidan iborat. Butun videoyozuv davomida olov yonib turadi.
Lokatsiyalar orasida: Bruklin taun-xausida Amerika Kapitanining bo‘sh mehmonxonasi, Torning Asgarddagi uyi, Temir Odamning Manxettendagi qimmatbaho apartamentlari, Galaktika Qo‘riqchilarining kemasi va Miss Marvelning Nyu-Jersidagi uyi bor.
Nashrning ta’kidlashicha, videoni tomosha qilish Yangi yilni yolg‘iz kutib oluvchi ko‘pchilik uchun ajoyib yechim bo‘lishi mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=EBi29OnappU
https://www.youtube.com/watch?v=hadPdcXBj94
https://www.youtube.com/watch?v=l1cy7PnhsEg
https://www.youtube.com/watch?v=XTkEIl3JOBM
https://www.youtube.com/watch?v=tH4xwl9hI94
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)