Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sog‘lomlashtirish ishlari davom ettiriladi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan rejaga muvofiq 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida respublikadagi 36 ta sanatoriyda 5890 nafar urush va mehnat fronti faxriylari bepul sog‘lomlashtiriladi.
Ulardan 2753 nafari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimidagi sanatoriylarda dam oldirilib, salomatliklari mustahkamlanadi.