Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) AQShning sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi bilan amaldagi shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi, deb xabar bermoqda “Football.ua”.
Angliyaning barcha yoshdagi jamoalari hamda ayollar termasi – jami 24 ta jamoa Nike formalarida maydonga tushishda davom etadi.
Xabarda qayd etilishicha, FA va Nike terma jamoalar tarixidagi eng yirik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, britaniyaliklar 12 yil davomida 400 million funt ishlab oladi. Agar Angliya terma jamoasi turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etsa, mazkur summa oshishi ham mumkin.
“Nike bilan hamkorlikni 2030-yilgacha davom ettirishdan juda xursandmiz. Uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish o‘ta muhim edi. Bu har ikki tomonning yanada kuchli bo‘lishiga yordam beradi. Innovatsion yetakchilar bilan ishlash biz uchun zarur”, – dedi FA tijorat direktori Mark Bullingem.
“FA bilan hamkorlikni kengaytirish – Nike uchun yaxshi xabar. Har bir bosqichda hamkorlik qilishda davom etamiz. Angliyaga yangiliklarni olib kelish va mamlakat bo‘ylab futbolchilarning rivojlanishiga yordam berishdan faxrlanamiz”, – dedi Nike prezidenti Trevor Edvards.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)