Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Yaya Ture avtomobilni mast holda boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan 18 oyga mahrum etildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yaya Ture ishtirokidagi hodisa dekabr oyi boshida yuz berdi. 33 yoshli futbolchi boshqarayotgan mashina London politsiyasi tomonidan to‘xtatildi. Turening qon tarkibida me’yoridan ortiq alkogol borligi aniqlangan.
13-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan sudda Yaya Ture o‘z aybini tan oldi, ammo alkogolni atayin iste’mol qilmaganini ta’kidladi. Futbolchi haydovchilik guvohnomasidan 18 oyga mahrum qilinishdan tashqari 54 ming funt miqdorida jarimaga tortildi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Yaya Ture Angliya chempionatida 4 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)