Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq, N.Kaimovning xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati, A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati sifatidagi vakolatlari tugatilganligi munosabati bilan ularning Oliy Majlis Senati a’zosi vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)