Buyuk Britaniyada yo‘lovchilar deyarli foydalanmaydigan bir qator temir yo‘l yo‘nalishlari mavjud. Daily Mail’ga ko‘ra, ularda yuruvchi sostavlar “arvoh poyezdlar” deb ataladi.
Temir yo‘l transporti sohasi eksperti Mark Smit gazetaga bergan sharhida bunday yo‘nalishlardan voz kechish kompaniyalarga manfaat keltirmasligini tushuntirib o‘tdi. Bunday yo‘nalishlarni yopish bilan bog‘liq rasmiy jarayonlar ko‘p vaqt, mehnat va pul talab qiladi. Shu bois temir yo‘l operatorlari ba’zan ushbu yo‘nalish bo‘yicha sostavlarni yurgizadi, vaholanki, odatda bunday poyezdlarda mashinistdan boshqa hech kim bo‘lmaydi. Smitning fikricha, bunday yo‘nalishlardan hech bo‘lmaganda har yetti kunda bitta poyezd o‘tishi talab etiladi.
Bu kabi yo‘nalishlar u qadar uzoq masofali bo‘lmaydi. Misol tariqasida Stalibrij va Manchester shaharlarini bog‘lovchi yo‘nalish yodga olindi. Bu yo‘nalishning uzunligi 13 kilometrni tashkil etadi.
Izoh (0)