Ruminiyalik o‘t o‘chiruvchi sun’iy nafas berish yo‘li orqali itning hayotini saqlab qoldi (video)
Ruminiyalik o‘t o‘chiruvchi Kostak Mugurel Piteshti shahridagi uylardan birida kelib chiqqan yong‘in oqibatida is gazidan zaharlangan itga birinchi yordam ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Jonzotning egasi 51 yoshli erkak og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi, it esa harakatsiz holatda uy chekkasida qolib ketdi. Shu paytda Mugurel itga birinchi yordam ko‘rsatdi: u kuchukning yuragini massaj qilib, unga sun’iy nafas berdi va kislorod maskasini taqib qo‘ydi. Natijada it yana nafas olishni boshladi va veterinariya klinikasiga yetkazildi.
Kostak Mugurel unga bo‘lgan yuqori e’tiborga qaramay, o‘zini qahramon deb hisoblamaydi. “Hammaga ijobiy fikrlar uchun rahmat, ammo men shunchaki o‘z vazifamni bajardim”, – deb yozdi o‘t o‘chiruvchi Facebook’dagi sahifasiga.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.