Avstraliyalik Greg Yeyshka o‘z uyiga o‘rnatgan Yangi yil chiroqlarini yangrayotgan kuy maromiga moslab yonadigan qilib sozladi. U Rojdestvoga qadar yangi qo‘shiq qo‘yib borishni va’da qildi. Shinavanda internetga joylashtirgan videoda uyi AC/DC guruhining Thunderstruck qo‘shig‘i maromida o‘chib-yonishini ko‘rish mumkin, deb yozadi TJournal.
Greg bu kabi musiqiy yog‘du o‘yini aks etgan roliklarni Facebook’dagi sahifasiga joylashtirib bormoqda. U ijtimoiy tarmoqda shouni jonli tarzda ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun jadval ham joyladi.
Gregning so‘zlariga qaraganda, har bir qo‘shiqqa 280 ta chiroqni sozlab chiqish olti soat vaqt oladi.
12-dekabr kuni Greg Spiderbait guruhining Black Betty qo‘shig‘i maromiga solingan chiroqlar shousini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, Darude’ning Sandstorm qo‘shig‘iga bag‘ishlangan video mashhurlikka erishdi.