Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 15-tur bellashuvlari yakshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan 4 ta o‘yindan so‘ng yakunlandi. Shanba kuni o‘tkazilgan 6 o‘yin natijasi shu havolada keltirilgan.
Turning markaziy uchrashuvi “Old Trafford” stadionida tashkil etilib, “Manchester Yunayted” Londonning “Tottenhem” klubini qabul qildi va Genrix Mxitaryanning yagona goli evaziga zafar quchdi.
Bunga qadar armanistonlik futbolchiga Angliya Premyer-Ligasida gol urish nasib qilmagandi. Mxitaryan bu borada birinchi bo‘ldi. Qayd etish kerak, u Yevropa Ligasining so‘nggi turida “Zarya” darvozasini ham ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgandi.
Turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan “Chelsi” 15-turdan keyin karvonboshiligicha qoldi. Diyego Kosta tomonidan urilgan yagona gol “aristokratlar”ga “Vest Bromvich” ustidan g‘alaba tortiq qildi.
“Chelsi” bilan raqobat olib borayotgan “Liverpul” esa ketma-ket ikki ochko yo‘qotishdan keyin endi 3-o‘rinda bormoqda. Bir tur avval “Byornli”dan yengilgan Yurgen Klopp jamoasi, bu safar o‘z maydonida “Vest Hem”ni taslim qila olmadi — 2:2.
Angliya Premyer-Ligasi 15-tur bellashuvlari 11-dekabr, yakshanba