“Kurdiston ozodligi qirg‘iylari” radikal harakati rasmiy saytida joylashtirgan bayonotida Istanbulda sodir etilgan teraktlar uchun javobgar ekanligini tan oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Terrorchilar ularning nishoni oddiy fuqarolar emas, balki politsiyachilar bo‘lganini bildirdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash qurbonlari soni 38 kishini tashkil etdi. Bundan tashqari, Turkiyada milliy motam e’lon qilindi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Qozog‘istonga tashrifi bekor qilindi.
Izoh (0)