Olimlar “Pan-Yevrosiyo eksperimenti” xalqaro loyihasi doirasida Tyumen davlat universitetining (Rossiya) “Nadimskiy” o‘quv-ilmiy statsionari hududida iqlimni va abadiy muzlik holatini o‘rganish maqsadida yangi stansiya o‘rnatadi. Bu haqda, Tyumen davlat universiteti matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nadim shahrida (Yamal-Nenets muxtor okrugi) loyiha ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Nadim atrofidagi bir qancha joylar ko‘zdan kechirilganidan so‘ng loyihalashtirilayotgan o‘quv-ilmiy statsionari hududida SMEAR stansiyasini o‘rnatishga qaror qilindi.
Matbuot xizmatining aniqlashtirishicha, yangi stansiya iqlimni va abadiy muzlik holatini o‘rganish imkonini beradi.
Loyiha bo‘yicha ilk o‘lchovlarni 2017-yil yozida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyiha Tyumen viloyati va Yamal-Nenets muxtor okrugi hukumatlari shafeligida Xelsinki universiteti, Tyumen davlat universiteti hamda Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir bo‘limi Tyumen ilmiy markazi ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)