Toshkentning “Bunyodkor” klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Sergey Lushchan borasidagi xabarni e’lon qildi.
Unda bir necha kun muqaddam Lushchan o‘zini salbiy his qilib, shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lgani qayd etilgan. Shundan keyingi jarrohlik ijobiy o‘tgan. Qayta tiklanish jarayoni tez suratda davom etayotgani aytilgan.
Ayni vaqtda “Bunyodkor” futbolchilari qishki ta’tilda dam olmoqda. Matbuot xizmati bilan suhbatda Sergey Lushchan shifoxonadan kelasi hafta chiqib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi haqida aytib o‘tgan.
Sergey Ivanovichga sog‘lik-salomatlik tilagan holda, unga o‘zbek futboli rivoji yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozilgan matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” Lushchan boshqaruvida mavsumni 2-o‘rinda yakunladi, O‘zbekiston Kubogidagi yurishini esa yarim finalda tugatdi. Har ikki frontda “qaldirg‘ochlar” “Lokomotiv” to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Osiyo Chempionlar Ligasida esa qatorasiga uch mavsum guruhdan chiqa olmadi.
Izoh (0)