Rassom Erik Lenartson Avstraliyada qadoqlash materiallaridan TapeScape nomli inshoot yasadi. Bolalar Ispvichdagi galereyaga skotchdan yasalgan tepalikda uchish va qurilish havozalariga chiqish uchun kelmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Inshootni yaratish uchun 56 ming metr qadoqlash lentasi kerak bo‘ldi. Uning ichiga vaqti-vaqti bilan ranglarini o‘zgartirib turadigan diodli lampalar o‘rnatilgan.
Erik Lenartson TapeScape’ni hamkasb do‘stlari bilan birgalikda yasadi. Ular ko‘ngil ochar inshootni 2017-yilning fevralida yopishni rejalashtirmoqda.
Shunga o‘xshash birinchi inshoot 2011-yili Minnesota shtatida, ikkinchisi 2013-yilning Pensilvaniya shtatida, uchinchisi esa 2015-yilning Dubay shahrida ochilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)