Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2016-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti (AQSh) raisi Frederik Starrni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston—AQSh munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy masalalarning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Frederik Starr O‘zbekistonga, jumladan yakunlangan Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qator hududlarga tashrifidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va saylov kampaniyasining muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi