Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti lovozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Saylov yakunlari Sizning mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan bunyodkorona ishlaringiz yurtdoshlaringiz tomonidan ijobiy baholangani haqida guvohlik bermoqda”, — deyiladi tabrikda.
Aleksandr Lukashenko Belarus—O‘zbekiston hamkorligini kengaytirish bo‘yicha kontsruktiv muloqot va birgalikdagi sermahsul ishlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)