6-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Videodan skrinshot

Videodan skrinshot

1. O‘zbekiston 27 davlat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qiladi. Bu Prezidentning 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

2. Samarqandda dahshatli avariya: Nexia ikki piyodani va yana bir Nexia’ni urib ketdi. Izohlardan ma’lum bo‘lishicha, mudhish hodisa Samarqanddagi trikotaj zavodi yaqinida yuz bergan.

3. Yulduz Usmonova Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan konsertda qo‘shiq kuylashi ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi g‘alabasiga bag‘ishlangan tadbirda Yulduz Usmonova sahnada madhiya kuyladi.

4. Amazon kassalari va sotuvchilari bo‘lmagan do‘konni ishga tushirdi. Bu ko‘rinishidan oddiy do‘kon, ammo u yerda navbat kutilmaydi, unda na kassir va na kassalar bor.

5. O‘zbekiston milliy terma jamoasi nafaqat Armaniston, balki Gruziya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashidagi o‘zining navbatdagi o‘yinini 23-mart kuni Suriyaga qarshi o‘tkazadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.