Italiyada 4-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan umummilliy referendumda italiyaliklarning aksariyat qismi (60 foizga yaqin) bosh vazir Matteo Rensi tomonidan ilgari surilayotgan konstitutsiyaviy islohotga qarshi ovoz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu esa Rensining iste’foga chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Referendumning shunday natija bilan tugash ehtimoli katta edi. Chunki ko‘pchilik, nafaqat muxolifat vakillari balki Demokratik partiya tarafdorlari ham Rensining tashabbusiga qarshi chiqayotgan edi.
Italiyada qabul qilingan rasmiy jarayonga ko‘ra, Rensi 5-dekabr, dushanba kuni iste’foga chiqish haqidagi arizasini davlat rahbari Serjo Mattarellaga taqdim etadi. Yakuniy qarorni prezident qabul qilishi kerak. U yoki iste’foni qabul qilib, parlamentning tarqatib yuborilishi haqida e’lon qiladi yoki iste’fodagi vazirdan texnik kabinetni boshqarishni so‘raydi. Yoki buning uchun parlamentdagi ko‘pchilik uchun ma’qul bo‘lgan boshqa nomzodni taklif etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)