O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etgan xonanda Shahzoda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men 1065-saylov uchastkasida o‘z nomzodimga ovoz berdim va bu yerda yaratilgan sharoitlardan mamnun bo‘ldim. Ayniqsa, yosh onalar e’tibordan chetda qolmagani quvontirdi. Ularning farzandlari ota-onasi ovoz bergunicha alohida xonada o‘ynab, ovunib turishi mumkin”.“Bevosita saylovga to‘xtalsam, yurtdoshlarimning siyosiy faolligi meni quvontirdi. Ular o‘z ovozi muhim ahamiyatga ega ekanligini his qilmoqda. Men qolgan vatadoshlarimizni ham mamlakat kelajagi uchun ovoz berishga chaqiraman. O‘zingiz va farzandlaringiz kelajagi uchun ovoz bering”, — deb fikrini yakunlagan Shahzoda.
Izoh (0)