Daryo

Xonanda Lola: Munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan insonga ovoz berdim

“Erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg‘ondik. Bu kunni juda uzoq kutdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa, farzandlarim. Ular har kuni ‘Biz qachon borib, o‘z tanlovimizni amalga oshiramiz’, deb kun sanadi”

1 daqiqa o‘qish66 110 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovga tashrif buyurgan Lola u haqda o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

“Erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg‘ondik. Bu kunni juda uzoq kutdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa, farzandlarim. Ular har kuni ‘Biz qachon borib, o‘z tanlovimizni amalga oshiramiz’, deb kun sanadi”, — deydi Lola.

“Saylovda bizning ovozimiz katta ahamiyatga egaligini his etishning o‘zi yoqimli. Biz bugun munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan inson uchun ovoz berdik. U qisqa fursat ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Men bu insonga ovoz berar ekanman, vatanim, oilam va farzandlarimning kelajagiga ishondim”.

“Saylovda qatnashib ulgurmaganlarga oilangiz bilan saylov uchastkasiga boring va kelajak uchun ovoz bering, deyman. Buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Yosh onalar va ularning farzandi uchun xonalar bor. Ko‘zi ojizlar uchun ilk bor maxsus byulletenlar yo‘lga qo‘yilgan”.

Lolaning fikriga ko‘ra, bu yilgi saylovlar ochiq va oshkoralik ruhida o‘tgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar