Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif agar AQSh sanksiyalarni uzaytirsa, Tehron atom bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishni to‘xtatashi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Press TV ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Eron TIV rahbarining mazkur bayonotiga AQSh prezidenti Barak Obama kongressning har ikkala palatasi tomonidan qabul qilingan Eronga qarshi sanksiyalarni o‘n yilga uzaytirish haqidagi qonunni imzolamoqchi ekanligi haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘ldi.
Sanksiyalar haqidagi qonun 1996-yilda qabul qilingan edi. Uning asosiy qoidalari Tehronga yadro quroli yaratishga xalaqit berish uchun Eron energetika sohasiga qarshi yo‘naltirilgan.
Hujjatning amal qilish muddati 2016-yilning dekabrida tugaydi.
Eron bilan kelishuvga qaramasdan Vashington qonunni kuchda qoldirishni istamoqda. Bunga AQSh Tehron kelishuvni buzayapti deb hisoblagan hollarda sanksiya rejimini qaytarish imkoniga ega bo‘lish maqsadi ko‘zlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)