Ozarbayjon poytaxti Bokuda huquq-tartibot idoralari xodimlari savdo markazlaridan biri yaqinida o‘zini portlatib yuborishga uringan xudkushni zararsizlantirdi. Bu haqda, Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmatiga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Rasmiy axborotga ko‘ra, terrorchi qarshilik ko‘rsatdi va egnidagi xudkush kamarini harakatga keltirishga urindi.
Terrorchining shaxsi aniqlandi. 38 yoshli Emin Jomiy 2007-yilda “Noifa al-Badaviy” terrorchi guruhiga a’zolikda ayblanib qamalgan edi. 2016-yil boshida ozodlikka chiqqan erkak yana jangarilar bilan aloqaga kirdi. Ushbu guruh Ozarbayjon hududida teraktlar tayyorlayotgani haqida ma’lumotlar bor edi.
Izoh (0)