MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev 1-dekabr kuni Toshkent shahriga yetib keldi. Bu haqda, Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Sergey Lebedev MDHning O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasiga boshchilik qilmoqda.
MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonda 17-noyabrdan ish boshladi. Uning tarkibiga o‘n nafar uzoq muddatli va 60 ga yaqin qisqa muddatli kuzatuvchilar kiradi.
Uzoq muddatli kuzatuvchilar shu paytgacha mintaqalardagi 100 dan ortiq saylov uchastkalarida bo‘ldi. Bundan tashqari, komissiya a’zolari shu kunlarda o‘tayotgan muddatdan ilgari ovoz berish jarayonini kuzatmoqda.
Izoh (0)