Hindiston oliy sudi 30-noyabr kuni chiqargan qarorga muvofiq, mamlakat kinoteatrlarida filmlar namoyishi oldidan davlat madhiyasi qo‘yiladi. Bu haqda, Times of India nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bxopalda istiqomat qiluvchi fuqaro Shyam Narayan Chauski sudga shikoyat qilib, “kinolardagi suiiste’mol” yuzasidan madhiyadan foydalanish qoidalariga aniqlik kiritishni so‘ragan edi.
“Bugun odamlar davlat madhiyasini qanday kuylashni bilmaydi, odamlarga buni o‘rgatish kerak. Biz davlat madhiyasini hurmat qilishimiz lozim”, — deyiladi sud qarorida.
Bundan tashqari, kinoteatrda davlat madhiyasi ijro etilayotganida ekranda davlat bayrog‘i namoyish etib turilishi kerak.
Izoh (0)