Yevropaning Airbus Group aerokosmik korporatsiyasi Yevropada 1164, shu jumladan, Fransiyada 640 ish o‘rnini qisqartiradi. Bu haqda, Cote Toulouse nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
29-noyabr kuni kompaniya rahbariyati Tuluzadagi shtab-kvartirasida kasaba uyushmalari vakillariga ish o‘rinlari qisqartirilishini, shuningdek, 2018-yilda Parij chetidagi Syurenda joylashgan korxonaning yopilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, kompaniya Germaniyada 429, Ispaniyada 39, Buyuk Britaniyada 54, Belgiya va Hindistonda bir nafardan ishchini bo‘shatadi. 325 xodim Myunxen va Parijdan Tuluzaga o‘tkaziladi.
Shu bilan bir qatorda, Airbus raqamli texnologiyalarni samarador joriy etish maqsadida 230 ish o‘rni yaratadi.
Airbus’da ayni paytda 136 mingga yaqin odam ishlaydi.
Izoh (0)