Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 29-noyabr, seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.

Foto: Kamila Tulyaganova / Facebook / “Molodaya fotografiya Uzbekistana”

Foto: Kamila Tulyaganova / Facebook / “Molodaya fotografiya Uzbekistana”

Xabar berishlaricha, 29-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -13...-8 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida -10...-5 daraja sovuq, Toshkent shahrida -9...-7 daraja sovuq, Buxoro, Navoiy viloyatlarida -5...0 daraja sovuq, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida -3...+2 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Seshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida 0...+5 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +1...+6 daraja, Toshkent shahrida +5...+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +3...+8 daraja iliq, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +5...+10 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qayd etishlaricha, 29-noyabrga o‘tar kechasi va 29-noyabr kuni tongda O‘zbekistonning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi