Floridadagi savdo markazida yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi
AQShning Florida shtati, Koral-Springs shahridagi savdo markazida 26-noyabr, shanba kuni yuz bergan otishmada kamida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
NBC telekanaliga ko‘ra, savdo markazi qurshab olingan. Politsiya gumonlanuvchilarni qidirmoqda. Hodisa sababi va jarohatlanganlar holati haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar