Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sinay yarim orolida terrorchilarning nazorat-o‘tkazish punktiga qilgan hujumi oqibatida Misr armiyasining kamida 8 harbiyi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

“Qurollangan terrorchilar Sinay shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi. Mashina ichiga joylangan bombaning portlashi va otishma oqibatida 8 harbiy halok bo‘ldi”, – dedi Misr armiyasi vakili.

Xabarda qayd etilishicha, otishma oqibatida hujum qilgan 3 terrorchi yo‘q qilindi. Qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Sodir etilgan hujum uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi terrorchi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj