Afsonaviy ukrainalik futbol murabbiyi Valeriy Lobanovskiy haqidagi “Lobanovskiy navsegda” nomli hujjatli film Milandagi 34-xalqaro sport kinosi va televideniyesi festivalida “Kino va futbol haqidagi telefilmlar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Anton Azarov rejissorlik qilgan mazkur film Guirlande d honneur mukofoti bilan taqdirlandi.
“Dinamo Kiyev” murabbiyi haqidagi hujjatli film premyerasi 29-noyabr kuni Kiyev shahridagi “Jovten” kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Valeriy Lobanovskiy 1939—2002-yillarda yashab o‘tgan. Murabbiylik faoliyati davomida mutaxassis Ukrainaning “Dnepr” va “Dinamo Kiyev” klublarini, sobiq Ittifoq, BAA, Kuvayt va Ukraina terma jamoalarini boshqargan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)