Peterburgning “Pulkovo” aeroportida chiptasiz chet elga uchib ketishni istagan 17 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. 18-noyabr kuni ro‘y bergan voqea haqida TJournal xabar bermoqda.
Maktab o‘quvchisi bu ishni ko‘ngil yozish uchun qilganini, aniq reys tanlamay, shunchaki Rossiyadan chiqib ketishga uringanini ma’lum qildi.
Unga nisbatan bayonnoma tuzildi. Shuningdek, o‘smirning onasiga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘riladigan bo‘ldi.
Izoh (0)