Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev shifoxonada og‘ir ahvolda yotibdi. “Darakchi.uz”ning jurnalist Dilshoda Matchonovaga asoslanib xabar berishicha, sobiq bokschi koma holatiga tushib qolgan.
“Rufat Asadovich komada… Unga salomatlik tilaylik”, – deyiladi Dilshoda Matchonovaning ijtimoiy tarmoqlardan biridagi xabarida.
Shu yilning sentabr oyi oxirlarida Toshkent shahridagi 16-shifoxonada shifokorlar venalar trombozining og‘irlashishi sababli Rufat Risqiyev o‘ng oyog‘ining tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandi.
Ma’lumot uchun, 2-oktabr kuni 67 yoshini qarshilagan Rufat Risqiyev – Jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori. AQSh, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya, Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirlar g‘olibi.
Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami. “Hurmat Belgisi”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari kavaleri. Yaqin o‘tmishda – O‘zbekiston professional boks federatsiyasining vitse-prezidenti, ayni paytda – oddiy pensioner.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)