Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” nomli kinokomediyasi ketma-ket beshinchi hafta eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Namoyishi 14-oktabrdan boshlangan film oktabrning so‘nggi ikki haftasida ham kassa yig‘imlari bo‘yicha birinchi bo‘lgandi.
Noyabrning ikkinchi haftasi kinoreytingida keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Suhrob Hasanovning “Boy bo’lma, saxiy bo’l”, Fayzirahmon Usmonovning “Ishq” filmlari band etgan.Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy kinosaroyida “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov”, “Ishq”, “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
14-noyabr — 20-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)Rejissor — Bahrom Yoqubov2-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)Rejissor — Azamat Ahrorov
3-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)Rejissor — Sherzod Bin
4-o‘rin. “Boy bo’lma, saxiy bo’l” (o’tkir syujetli melodrama)Rejissor — Suhrob Hasanov
5-o‘rin. “Ishq” (komediya)Rejissor —Fayzirahmon Usmonov
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)