Parijga Qatardan tashrif buyurgan ikki opa-singil Le Burje aeroportidan shaharga yo‘l olgan chog‘ida tunab ketildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ikki noma’lum erkak 60 yosh atrofidagi ayollar ketayotgan Bentley haydovchisini yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtashga majbur qilib, ularga ballonchadan qalampirli gaz sepgan va opa-singillarga tegishli buyumlarni olib ketgan. O‘g‘irlab ketilgan kiyim-kechak va qimmatbaho buyumlarning umumiy qiymati 5 million yevroga baholandi.
Mahalliy matbuotda aytilishicha, aeroportdan shaharga kelish trassasida boy turistlarning tunab ketilishi ko‘p uchraydigan holatdir. Talonchilar asosan Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlarga hujumlar uyushtiradi.
Izoh (0)