Donetskning“Shaxtyor” jamoasi yarim himoyachisi Tayson “Karpati” klubiga qarshi Ukraina chempionati 15-tur o‘yinidan so‘ng imkoniyati cheklangan muxlisga futboklasini sovg‘a qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Quvonchi ichiga sig‘magan muxlis braziliyalik futbolchini quchoqlab, unga minnatdorchilik bildirdi. Mazkur uchrashuvda “Shaxtyor” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, donetskliklar Ukraina chempionati 15-turidan so‘ng 41 ochko bilan turnir peshqadami bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi “Dinamo Kiyev” hisobida 33 ochko mavjud.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)