Xitoyning PPTV telekanali futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasi bellashuvlarini 2019-yildan boshlab translyatsiya qilishga qaror qildi va bir yo‘la 2022-yilga qadar bo‘lgan uch yillik paketni sotib oldi.
“Championat.asia” nashrining Associated Press’ga tayanib ma’lum qilishicha, telekanal uy yillik huquq uchun 700 million dollar sarf etgan. Bu esa har bir mavsum uchun 233 milliondan to‘g‘ri kelayotganini bildiradi.
PPTV telekanali Suning group kompaniyasiga tegishli va aynan shu kompaniya tomonidan moliyalashtiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning UzReport telekanali ham Angliya Premyer-Ligasi translyatsiyasining uch yillik huquqini sotib olgandi. Biroq bu qanchaga tushgani oshkor qilinmagan.
Izoh (0)