2016-yilning 17-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining ijtimoiy hamkorlar, Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat Dasturini amalga oshirishning holati va istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Davra suhbatida respublika vazirliklari, boshqarmalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, shuningdek, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkilotlari, BMT Taraqqiyot dasturi, YXHT, YuNISEF va Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Unda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkiloti bilan munosib mehnat Konsepsiyasini faol targ‘ib qilish ustuvor yo‘nalishi hisoblangan ko‘p qirrali hamkorlikni amalga oshirayotganligini ta’kidladi.
Diplomatik korpus vakillari mamlakatda munosib mehnatni ta’minlash va xalqaro mehnat standartlarini joriy etish bo‘yicha taraqqiyotni ta’kidlab o‘tdi.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston mehnat sohasidagi xalqaro majburiyatlariga mas’uliyatli va muvozanatli yondashuvni namoyish etayotganligini ta’kidladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)