Hindiston hukumati valyuta ayirboshlash tartibini qattiqlashtirdi. Endilikda bir kishi bir martada 30 dollarga teng bo‘lgan 2 ming rupiyani almashtirishi mumkin. Ilgari 4 ming rupiya almashtirishga ruxsat berilgan edi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Bir necha kun muqaddam Hindistonda korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari doirasiad 500 va 1000 rupiya nominalli kupyuralar iste’moli taqiqlandi. Bu kupyuralar mamlakat ichidagi naqd pul aylanmasining 85 foizini tashkil etar edi.
Izoh (0)