Shvetsiyada bosh vazir Ulof Palmening o‘ldirilishi qaytadan tergov qilinadi. Ushbu jinoyat 30 yil muqaddam sodir etilib, fosh qilinmagan edi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, tergov guruhiga Stokgolm bosh prokurori Krister Peterson boshchilik qiladi. U ilgari tashqi ishlar vaziri Anna Lindning o‘ldirilishini taftish qilgan edi. Peterson fevral oyida ishga kirishadi.
“Bu men uchun faxr, missiyani katta ishtiyoq bilan boshlamoqdaman. Bu qiziqarli va muhim vazifa”, — dedi Peterson.
Ulof Palme 1986-yilda rafiqasi Lisbet bilan tan soqchilarisiz kinoteatrdan qaytayotganida noma’lum shaxs tomonidan otib tashlangan edi. Qotil hozirgacha topilmadi. Tergov materiallari egallagan arxiv javonlari uzunligi 250 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)