Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan KONKAKAF mamlakatlari hal qiluvchi saralash bosqichining 2-turini yakunladi.
1-turda Meksikani qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan AQSh termasi, bu safar Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda hech narsa qila olmadi — 0:4. Natijada Yurgen Klinsmann boshqarayotgan jamoa turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.
Ilk turda 3 ochkodan ishlab olgan Panama va Meksika termalari esa o‘zaro o‘yinda 1 tadan ochkoga ega bo‘ldi. Uchrashuvda hisobni ochish hech kimga nasib qilmadi. Gonduras termasi bo‘lsa Trinidad va Tobago ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
JCh—2018 (KONKAKAF) 2-tur bellashuvlari 16-noyabr, chorshanba
Izoh (0)