O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga 150 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shuhrat Qayumov Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Bosh vazirning virtual qabulxonasi ilgarilab ketmoqda. 150 mingdan ortiq murojaatlar. Minglab fuqarolarning muammolari hal bo‘ldi. Chet elda e’tirof etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Kechadan boshlab (15-noyabr) tizim ishlashi bo‘yicha tuzilgan qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Siz tizimda savolingizga javob topolmagan bo‘lsangiz, javob o‘rniga rasmiy umumiy gap olib, masalangiz yechimini topmagan bo‘lsa, shu sahifaga yozing. Masalani aniq va lo‘nda tushuntiring. Murojaat raqamini yozish yodingizdan chiqmasin. O‘ylaymanki, muammoingiz yechimini topadi”, — ta’kidladi Shuhrat Qayumov.
Izoh (0)