Bugun, 15-noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 turniriga saralash bosqichi 5-turida Seuldagi World Cup Stadium’da Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.
Har ikki terma jamoa futbolchilari o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Jurnalistlar intervyular orasida koreys futbolchilarining o‘zbekcha, o‘zbek futbolchilarining koreyscha talaffuzini sinab ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Odil Ahmedov va Igor Sergeyev, Janubiy Koreya termasidan Ku Ja Chol va Chji Don Von qiziqarli tajribada ishtirok etdi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)