Rossiyaning Perm o‘lkasida joylashgan Dobryanka shahrida ulkan futbolchilar shaklidagi ikkita elektr uzatish simlari ustunlari qad ko‘tardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Perm elektr tarmoqlari xizmati vakillarining ma’lum qilishicha, ustunlarning qurilishi 2018-yili Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlanadi. 25 metrlik “futbolchilar” san’at ob’ektlari bo‘lmay, ishchi ustunlar hisoblanadi.
2013-yilda Sochi shahrida Olimpiada o‘tkazilishi munosabati bilan qor barsi shaklidagi elektr ta’minot simlari ustuni qurilgan edi.
Izoh (0)