Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindan keyin “Focus.kr” nashriga intervyu berdi, deb yozdi “Championat.asia”.
“O‘z shogirdlarimga o‘yin uchun rahmat aytaman. Uni yaxshi boshlagandik, afsuski g‘alabani saqlab qola olmadik”, — deb aytib o‘tgan Babayan.
“Bizda Jahon Chempionatiga chiqish uchun imkoniyat bor. Shuning uchun navbatdagi o‘yin haqida bosh qotiramiz. Bugun Janubiy Koreya kuchli terma jamoa ekanini ko‘rsatdi”.
“Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Kim Shin Vuk haqida yaxshi bilardim. U bo‘ydor, himoyachimiz unga havoda o‘yin bermasligi kerak edi. Janubiy Koreya Qatarga qarshi o‘yinda ham shunday vaziyatdan gol urib ketgandi, — deb fikrini yakunladi Samvel Babayan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashning 1-davrasini Eron va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinda yakunladi.
Izoh (0)