Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yil ob-havo kuzatuvlari tarixida eng issig‘i bo‘ladi. Bu haqda, The Guardian nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Iqlim bo‘yicha Marokashda o‘tkazilgan sammitda Butunjahon meteorologiya tashkiloti taqdim etgan hisobotda dunyo bo‘ylab harorat 1,2 darajaga oshib, qatorasiga uchinchi yil yangi maksimumni yangilagani qayd etilgan.
Shu tariqa, 2016-yil katta ehtimol bilan havo kuzatuvlari tarixida eng issiq yil bo‘ladi. Bu, shuningdek, qayd etilgan eng issiq yillarning 17 tasidan 16 tasi ushbu yuzlikka to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Izoh (0)