Yevropaning eng yirik sanoat konglomerati — Siemens AG AQShning elektron tizimlarni loyihalashtirishni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Mentor Graphics kompaniyasini 4,5 milliard dollarga sotib oladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Siemens Mentor’ning har bir aksiyasiga 37,25 dollar to‘laydi. Bu kompaniya aksiyalarining 11-noyabr holatiga ko‘ra narxidan 21 foizga balandroqdir.
Siemens tarqatgan matbuot xabarnomasida ta’kidlanishicha, Mentor’ning sotib olinishi konsern tomonidan 2020-yilga qadar Vision 2020 strategiyasining amalga oshirilishiga turtki bo‘ladi.
Izoh (0)