Yamaykalik yengil atletikachi Useyn Bolt sportning mazkur turidagi karyerasini yakunlash istagini bildirgan. Uning endigi rejasi futbolchilik faoliyatini boshlash, deb yozdi “Championat.asia” Goal nashriga tayanib.
“Biz Dortmund klubi bilan muzokara o‘tkazdik. Bundan qanday ish chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi”, — deb vaziyatga tushuntirish bergan Bolt.
30 yoshli sportchi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga muxlislik qilishini bir necha bor ta’kidlagandi. Bu safar ham u “qizil iblislar” safida bo‘lishi masalasida so‘z ochdi: “Orzuim ushalishi uchun men ‘Manchester Yunayted’ a’zosiga aylanishim kerak”.
Ma’lumot uchun, bir necha bor Olimpiada va jahon rekordlarini o‘rnatgan Useyn Bolt dunyoning eng tez yuguruvchi odami sifatida tan olinadi.
Izoh (0)