Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya poytaxti Seulga charter reys bilan uchib ketdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmatining Telegram’dagi kanali ma’lumot berdi.
“O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha asrdan shomgacha mashg‘ulot o‘tkazdi va bugun tongda Koreya bilan o‘ynash uchun Seulga uchib ketdi”, — deb yozilgan 13-noyabr kungi xabarda.
JCh—2018 saralashining 3-bosqich 5-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya — O‘zbekiston uchrashuvi 15-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi. Bellashuvni O‘zMTRKning “Sport” kanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qiladi.
Ushbu bellashuvga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston termasi Iordaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, koreyalik futbolchilar Kanada darvozasiga javobsiz 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)